Skip to content
Open access

Yirik donadorli volfram karbid kukunlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish

Sep 2026 · Вестник транспорта - Transport xabarnomasi · Vol 3, pp. 25-28 · 0 citations

Abstract

Ushbu maqolada konchilik sanoatida qo‘llaniladigan qazish mashinalari keskichlari uchun mo‘ljallangan qattiq qotishmali tishlarni tayyorlash texnologiyasi tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi kaliyli tuz jinslarini samarali parchalash imkonini beruvchi, yuqori yeyilishga chidamli va ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan yirik donadorli volfram karbidi asosidagi qattiq qotishma tarkibini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot jarayonida qotishmalarning makro va mikrostrukturasi metallografik mikroskoplar yordamida o‘rganildi, fazaviy tarkibi rentgenostruktura tahlili orqali aniqlandi hamda mexanik xossalari standart sinov usullari asosida baholandi. Natijada yirik donadorli volfram karbidi asosida turli geometrik shakl va o‘lchamdagi qattiq qotishmali asbob materiallarini olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Tadqiqotlar asosida RS-14 turdagi keskichlar uchun kobalt-nikel bog‘lovchili qattiq qotishmaning optimal tarkibi tavsiya etildi. Olingan natijalar ishlab chiqilgan materialning kaliyli tuz jinslarini kesish jarayonida yuqori yeyilishga chidamlilik va ekspluatatsion samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi.

Read PDF

Similar papers

Open access Oct 2026

XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI BAHOLASHNING USLUBIY JIHATLARI

Maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy xavfsizligini baholash bo‘yicha mavjud yondashuvlar tahlil qilinib, moliyaviy holat bilan cheklanmaydigan kompleks metodik tartib taklif etiladi. Tadqiqotning maqsadi korxona xavfsizligini o‘lchash uchun indikatorlarni tanlash, ularni yagona mezonga keltirish, vaznl...

Lobar Norquziyeva · 0 citations
Open access Sep 2026

AERODINAMIK PARAMETRLARI BOSHQARILUVCHI YANGI KONSTRUKSIYALI PNEVMOSEPARATORNI ISHLAB CHIQISH VA ASOSLASH

Mazkur tezisda don, urug‘lik materiallari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini havo oqimi yordamida fraksiyalarga ajratishda qo‘llaniladigan pnevmoseparatorlarning konstruktiv va texnologik xususiyatlari tahlil qilingan. Amaldagi pnevmoseparatorlarda ishchi zonadagi havo oqimi tezligini bir maromda boshqarish, ma...

Oxunjon Bo'riyev · 0 citations
Open access Oct 2026

IKKI QATLAMLI TRIKOTAJ TO‘QIMALARIDAN SPORT KIYIMLARI ISHLAB CHIQARISHNING ILMIY-TEXNOLOGIK ASOSLARI

Maqolada ikki qatlamli trikotaj to‘qimalaridan sport kiyimlarini ishlab chiqarish imkoniyatlari, ularga qo‘yiladigan funksional va gigiyenik talablar hamda trikotaj to‘qimasining tuzilishi, xomashyo tarkibi va ekspluatatsion xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilingan. Sport kiyimlarida inson organizmidan ajra...

Elmira Usnatdinova · 0 citations
Open access Oct 2026

QISHLOQ XO ‘JALIGI MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHDA TASHKILIY-IQTISODIY OMILLARNING RENTABELLIK DARAJASIGA TA’SIRI

Mazkur ilmiy tezisda O‘zbekiston agrar sektorida agrosanoat klasterlari faoliyati, erkin shartnomaviy-kontraktatsiya munosabatlari va agromoliyalashtirish mexanizmlarining ishlab chiqarish rentabelligiga ta’siri tadqiq etilgan. Qiyosiy iqtisodiy va statistik tahlil usullari orqali xomashyo yetishtiruvchi fermer xo‘jali...

Abdullo Karimov · 0 citations
Open access Sep 2026

ICHKI BO‘YLAMA KUCHLAR HISOBGA OLINGAN HOLDA TEXNOLOGIK MASHINALARNING TAXLAMLI ISHCHI ORGANLARIDAGI EGILISH TEBRANISHLARINING NAZARIY TADQIQINI SUN’IY INTELLEKT ALGORITMLARI YORDAMIDA BAHOLASH

Mazkur ishda texnologik mashinalarning taxlamli ishchi organlari ( arrali jin mashinasining arrali silindrlari) dinamikasi va ularda yuzaga keladigan egilish tebranishlari nazariy hamda sun’iy intellekt (SI) modellari yordamida tadqiq etilgan. Diskli elementlarning nisbatan qisqa taxlamlari va qisqa vallardan tashkil t...

Oltinboy Jakparov, Mutaxxirxon Abduvaxidov · 0 citations
Open access Oct 2026

MURAKKAB DINAMIK JARAYONLARNI MATEMATIK MODELLASHTIRISH VA SONLI USULLAR ASOSIDA TAHLIL QILISH

Maqolada murakkab dinamik jarayonlarni matematik modellashtirish, oddiy differensial tenglamalar tizimlari orqali ifodalash va ularni sonli usullar yordamida tadqiq etish masalalari ko‘rib chiqildi. Nazariy qismda model qurish, diskretlash, verifikatsiya, validatsiya, qadam tanlash, barqarorlik va hisoblash xatolari o‘...

Zoir Saidnazarov · 0 citations

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.