IKKI QATLAMLI TRIKOTAJ TO‘QIMALARIDAN SPORT KIYIMLARI ISHLAB CHIQARISHNING ILMIY-TEXNOLOGIK ASOSLARI
Abstract
Maqolada ikki qatlamli trikotaj to‘qimalaridan sport kiyimlarini ishlab chiqarish imkoniyatlari, ularga qo‘yiladigan funksional va gigiyenik talablar hamda trikotaj to‘qimasining tuzilishi, xomashyo tarkibi va ekspluatatsion xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilingan. Sport kiyimlarida inson organizmidan ajraladigan namlikni samarali boshqarish, ortiqcha issiqlikni chiqarish, yetarli havo va suv bug‘i o‘tkazuvchanligini ta’minlash, tez qurish, harakat erkinligi hamda mexanik mustahkamlik muhim talablar hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlar natijalari ikki qatlamli trikotaj tuzilishida qatlamlarning xomashyo tarkibi va funksional vazifalarini differensiallashtirish orqali namlik transporti va termofiziologik komfortni boshqarish mumkinligini ko‘rsatadi. Paxta va bambuk tolalarining gigroskopik xususiyatlari hamda trikotajning ikki qatlamli tuzilishi birgalikda qo‘llanganda sport kiyimlari uchun funksional xususiyatlarni shakllantirish imkoniyati mavjud.