Skip to content
Open access

AERODINAMIK PARAMETRLARI BOSHQARILUVCHI YANGI KONSTRUKSIYALI PNEVMOSEPARATORNI ISHLAB CHIQISH VA ASOSLASH

Sep 2026 · Young Scientists, Vol. 4, No. 71 (2026) · 0 citations

Abstract

Mazkur tezisda don, urug‘lik materiallari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini havo oqimi yordamida fraksiyalarga ajratishda qo‘llaniladigan pnevmoseparatorlarning konstruktiv va texnologik xususiyatlari tahlil qilingan. Amaldagi pnevmoseparatorlarda ishchi zonadagi havo oqimi tezligini bir maromda boshqarish, materialning aerodinamik xususiyatlariga mos ravishda separator parametrlarini tezkor sozlash hamda energiya sarfini kamaytirish masalalari dolzarb hisoblanadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi aerodinamik parametrlari boshqariluvchi yangi konstruksiyali pnevmoseparatorni ishlab chiqish va uning ishlash prinsipini nazariy jihatdan asoslashdan iborat. Taklif etilayotgan konstruksiyada havo oqimining tezligi, yo‘nalishi va taqsimlanishini boshqarishga imkon beruvchi sozlanuvchi aerodinamik elementlardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Separatorning asosiy geometrik va aerodinamik parametrlari, zarrachalarning havoda harakatlanish qonuniyatlari, ajratish sharti hamda energiya sarfiga ta’sir etuvchi omillar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari yuqori sifatli ajratish jarayonini ta’minlash, mahsulot yo‘qotilishini kamaytirish va pnevmatik ajratish qurilmalarining texnologik samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.