Skip to content
Open access

QISHLOQ XO ‘JALIGI MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHDA TASHKILIY-IQTISODIY OMILLARNING RENTABELLIK DARAJASIGA TA’SIRI

Oct 2026 · Social Sciences in the Modern World, Vol. 5, No. 28 (2026) · 0 citations

Abstract

Mazkur ilmiy tezisda O‘zbekiston agrar sektorida agrosanoat klasterlari faoliyati, erkin shartnomaviy-kontraktatsiya munosabatlari va agromoliyalashtirish mexanizmlarining ishlab chiqarish rentabelligiga ta’siri tadqiq etilgan. Qiyosiy iqtisodiy va statistik tahlil usullari orqali xomashyo yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan qayta ishlovchi klaster korxonalari o‘rtasidagi vertikal integratsiyaning afzalliklari va mavjud tizimli ziddiyatlar aniqlangan. Tadqiqot natijalari ko‘rsatishicha, to‘liq vertikal integratsiyalashgan zanjirda faoliyat yurituvchi klasterlarda hosildorlik 22–28% ga yuqori bo‘lib, logistika va saqlashdagi yo‘qotishlar 18–22% ga qisqaradi, yakuniy rentabellik esa an’anaviy fermerlikka nisbatan 1,8–2,4 barobar oshadi. Biroq narx shakllanishidagi nomutanosibliklar va hisob-kitoblarning kechikishi mustaqil fermer xo‘jaliklarining aylanma mablag‘lariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu munosabat bilan fyucheks bitimlari, klasterlararo erkin raqobat va o‘zaro hisob-kitoblar shaffofligini ta’minlashga doir institutsional tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.