Skip to content
Open access

OLTINSIMON QORAG’ATNING YANGI NAV VA DURAGAYLARIDA FENOLOGIK FAZALARINING O’TISHINI ILMIY TAHLIL QILISH

Jul 2026 · YANGI DAVR ILM-FANI: INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR · Vol 2, pp. 21-26 · 0 citations

Abstract

Qishloq xo’jaligida fenologik kuzatuvlarning ahamiyati juda katta. Asosan kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash: kimyoviy ishlov berish ko'pincha "kurtak yozilishidan oldin" yoki "gullashdan keyin" o'tkaziladi. Gullash paytida dorilash asalarilarga zarar yetkazishi mumkin. Oziqlantirish (O'g'itlash): Gullash va meva tugish davrida o'simlikka kaliy va fosfor, barg yozish davrida esa azot ko'proq kerak bo'ladi.Ayozdan himoya qilish: Bahorgi qisqa muddatli sovuqlar (ayozlar) gullash fazasiga to'g'ri kelib qolsa, hosilni nobud qilmaslik uchun tutatish yoki sun'iy yomg'irlatish choralarini ko'rishga signal bo'ladi. Quyida xozirgi kunda Toshkent viloyati sharoitida yetishtirilayotgan oltinsimon qorag’atning ayrim nav va duragaylarining fenologik fazalarining qisqacha ilmiy tahlili keltirilgan.

Read PDF

Similar papers

Open access Aug 2026

TURKISTON O'LKASIDA MUSTAMLAKA BANK-KREDIT TIZIMI: BIRLASHGAN BANK QO’QON FILIALINING 1911-YILGI HISOBOTI MISOLIDA

Maqolada O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan “Birlashgan bank” Qo'qon bo'linmasining 1911-yilgi yillik hisoboti manba sifatida tahlil qilinadi. Miqdoriy kontent-tahlil metodi asosida bo'linmaning moliyaviy aylanmalari, ma'muriy-operatsion xarajatlari va muddati o'tgan qarzlar tarkibi o'rganildi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, bo'linma faoliyati asosan vekselli-tovar krediti va xomashyo savdosini moliyalashtirishga yo'naltirilgan bo'lib, uning korrespondentlik hisoblari orqali imperiya markaziy moliya bozorlariga qattiq bog'liqligi kuzatiladi. Shubhali qarzlar ro'yxatidagi onomastik tahlil Qo'qon savdo-moliyaviy muhitining ko'p etnik (rus, yahudiy, mahalliy musulmon) tarkibini ochib beradi. Maqola Turkiston o'lkasi kolonial iqtisodiy tarixini mikro-manbalar asosida o'rganish imkoniyatlarini namoyish etadi.

Nilufar Abdullayeva · 0 citations
Open access Aug 2026

QASHQADARYO VILOYATI HUDUDLARIDA YER-SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI

Mazkur maqolada 2010–2025 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari bo‘yicha jami hamda qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari sonining dinamikasi, shuningdek qishloq xo‘jaligi tadbirkorlik sub’ektlarining jami sub’ektlar tarkibidagi ulushi tahlil qilingan. Statistik ma’lumotlar asosida uch hudud kesimida ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlari qiyoslangan, 2023–2025 yillarda kuzatilgan tadbirkorlik sub’ektlari sonining qisqarish tendensiyasi sabablari muhokama qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faolligi hududiy kesimda notekis rivojlanmoqda, xususan Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi sub’ektlari soni eng yuqori o‘sish sur’atiga erishgan.

Alisher Boboqulovich Qurbonov · 0 citations
Open access Jul 2026

O‘ZBEK AUDITORIYASI UCHUN ISPAN TILI DARSLIKLARINI LINGVOMADANIY MOSLASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI

Mazkur maqolada O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalarida ispan tilini o‘qitishda foydalanilayotgan o‘quv adabiyotlarini lingvomadaniy moslashtirish zarurati tahlil qilinadi. Tadqiqotda ispan tili darsliklarida uchraydigan ayrim mavzu va topshiriqlarning o‘zbek auditoriyasining madaniy qadriyatlari hamda ta'lim muhitiga mos kelmasligi natijasida yuzaga keladigan metodik muammolar pedagogik kuzatuvlar asosida yoritiladi. Shuningdek, o‘quv materiallarini mahalliy madaniy muhitga moslashtirishning didaktik afzalliklari hamda bunday yondashuvning ta'lim samaradorligiga ta'siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari lingvomadaniy moslashtirilgan darsliklar xorijiy tilni o‘qitish jarayonida talabalarning motivatsiyasi, kommunikativ faolligi va madaniyatlararo kompetensiyasini rivojlantirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Burxonov Utkir Farhod o‘g‘li · 0 citations
Open access Aug 2026

QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDA ORALIQ VA TAKRORIY EKINLARNI ANG‘IZ MAYDONLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH.

Respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda ang‘iz maydonlaridan samarali foydalanib takroriy ekinlar no‘xat, mosh, loviya, soya siderat ekinlar raps, suli, javdar perko kabi keng qamrovli ekinlarni ekilib, turli agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, sug‘oriladigan yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, ishlab chiqarish sharoitida takroriy don, dukkakli-don, oraliq sideratlar, yem-xashak va moyli ekinlarni yetishtirish hamda dukkakli-don ekinlarini asosiy yoki takroriy ekin sifatida yetishtirish tuproq unumdorligini saqlash va oshirish bilan bir qatorda, boshoqli-don ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh ekinligi bayon qilingan.

Akmal Uroqovich G‘apparov, Tulkin Nematov · 0 citations
Open access Jul 2026

KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISHDA QISHLOQ TURIZMIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Mazkur maqolada kambag’allikni qisqartirishda qishloq turizmidan foydalanish imkoniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Qishloq turizmining mahalliy aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish va hududiy iqtisodiy faollikni oshirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, qishloq hududlarining tabiiy, madaniy va etnografik salohiyatidan samarali foydalanish orqali aholi daromadlarini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va turmush darajasini yaxshilash imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida qishloq turizmi kambag’allikni kamaytirish, mahalliy resurslardan oqilona foydalanish va barqaror hududiy rivojlanishni ta’minlashning muhim vositalaridan biri ekanligi asoslanadi.

Rashidova Nargiza, Mamatov Sardor · 0 citations
Open access Jul 2026

O‘QUVCHILARDA KOMMUNIKATIV VA IJTIMOIY-HISSIY KOMPETENSIYALAR SHAKLLANGANLIK DARAJASINI ANIQLASH MEZONLARI VA INDIKATORLARI

Maqolada boshlang‘ich ta'lim bosqichida ingliz tili o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning kommunikativ va ijtimoiy-hissiy kompetensiyalari shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan integrativ mezonlar, indikatorlar  tizimi tahlil qilinadi. Muammoning dolzarbligi ikki soha — chet tili o‘qitish metodikasi va ijtimoiy-hissiy ta’lim (SEL) — o‘rtasidagi metodik uzilish bilan izohlanadi: mavjud diagnostik vositalarning aksariyati bu kompetensiyalarni alohida-alohida o‘lchashga mo‘ljallangan. Tizimning amaliy ahamiyati boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun kompleks diagnostik qo‘llanma yaratish imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Maqola taklif etilgan tizimning keyingi bosqichda empirik validatsiyadan o‘tkazilishi zarurligini alohida ta'kidlaydi.

Abdullayeva Munojot Muxtorovna · 0 citations

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.