O‘QUVCHILARDA KOMMUNIKATIV VA IJTIMOIY-HISSIY KOMPETENSIYALAR SHAKLLANGANLIK DARAJASINI ANIQLASH MEZONLARI VA INDIKATORLARI
Abstract
Maqolada boshlang‘ich ta'lim bosqichida ingliz tili o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning kommunikativ va ijtimoiy-hissiy kompetensiyalari shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan integrativ mezonlar, indikatorlar tizimi tahlil qilinadi. Muammoning dolzarbligi ikki soha — chet tili o‘qitish metodikasi va ijtimoiy-hissiy ta’lim (SEL) — o‘rtasidagi metodik uzilish bilan izohlanadi: mavjud diagnostik vositalarning aksariyati bu kompetensiyalarni alohida-alohida o‘lchashga mo‘ljallangan. Tizimning amaliy ahamiyati boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun kompleks diagnostik qo‘llanma yaratish imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Maqola taklif etilgan tizimning keyingi bosqichda empirik validatsiyadan o‘tkazilishi zarurligini alohida ta'kidlaydi.