Skip to content
Open access

KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISHDA QISHLOQ TURIZMIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Jul 2026 · Journal of Universal Science Research · 0 citations

Abstract

Mazkur maqolada kambag’allikni qisqartirishda qishloq turizmidan foydalanish imkoniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Qishloq turizmining mahalliy aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish va hududiy iqtisodiy faollikni oshirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, qishloq hududlarining tabiiy, madaniy va etnografik salohiyatidan samarali foydalanish orqali aholi daromadlarini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va turmush darajasini yaxshilash imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida qishloq turizmi kambag’allikni kamaytirish, mahalliy resurslardan oqilona foydalanish va barqaror hududiy rivojlanishni ta’minlashning muhim vositalaridan biri ekanligi asoslanadi.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.