Skip to content
Open access

TURKISTON O'LKASIDA MUSTAMLAKA BANK-KREDIT TIZIMI: BIRLASHGAN BANK QO’QON FILIALINING 1911-YILGI HISOBOTI MISOLIDA

Aug 2026 · YANGI DAVR ILM-FANI: INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR · 0 citations · 4 references

Abstract

Maqolada O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan “Birlashgan bank” Qo'qon bo'linmasining 1911-yilgi yillik hisoboti manba sifatida tahlil qilinadi. Miqdoriy kontent-tahlil metodi asosida bo'linmaning moliyaviy aylanmalari, ma'muriy-operatsion xarajatlari va muddati o'tgan qarzlar tarkibi o'rganildi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, bo'linma faoliyati asosan vekselli-tovar krediti va xomashyo savdosini moliyalashtirishga yo'naltirilgan bo'lib, uning korrespondentlik hisoblari orqali imperiya markaziy moliya bozorlariga qattiq bog'liqligi kuzatiladi. Shubhali qarzlar ro'yxatidagi onomastik tahlil Qo'qon savdo-moliyaviy muhitining ko'p etnik (rus, yahudiy, mahalliy musulmon) tarkibini ochib beradi. Maqola Turkiston o'lkasi kolonial iqtisodiy tarixini mikro-manbalar asosida o'rganish imkoniyatlarini namoyish etadi.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.