Skip to content
Open access

O‘ZBEK AUDITORIYASI UCHUN ISPAN TILI DARSLIKLARINI LINGVOMADANIY MOSLASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI

Jul 2026 · SCIENCE TIME · 0 citations

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalarida ispan tilini o‘qitishda foydalanilayotgan o‘quv adabiyotlarini lingvomadaniy moslashtirish zarurati tahlil qilinadi. Tadqiqotda ispan tili darsliklarida uchraydigan ayrim mavzu va topshiriqlarning o‘zbek auditoriyasining madaniy qadriyatlari hamda ta'lim muhitiga mos kelmasligi natijasida yuzaga keladigan metodik muammolar pedagogik kuzatuvlar asosida yoritiladi. Shuningdek, o‘quv materiallarini mahalliy madaniy muhitga moslashtirishning didaktik afzalliklari hamda bunday yondashuvning ta'lim samaradorligiga ta'siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari lingvomadaniy moslashtirilgan darsliklar xorijiy tilni o‘qitish jarayonida talabalarning motivatsiyasi, kommunikativ faolligi va madaniyatlararo kompetensiyasini rivojlantirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.