SIRKULYAR IQTISODIYOT MODELI ASOSIDA ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI EKOLOGIK TRANSFORMATSIYA QILISH: YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISHNING AMALIY MEXANIZMLARI
Abstract
Ushbu maqolada sirkulyar (aylanma) iqtisodiyot modelining sanoat korxonalari faoliyatiga tatbiq etilishi va bu jarayonning yashiliqtisodiyotga o‘tishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda chiziqli “ishlab chiqarish–iste’mol–chiqindi” modelidan resurslarni qayta tiklovchi tizimga o‘tishning iqtisodiy asoslari, korxonalar darajasidagi amaliy mexanizmlar hamda davlatning tartibga soluvchi vositalari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot mantiqiy-tarixiy, qiyosiy va kontenttahlil usullaridan foydalangan holda olib borilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, sirkulyar iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish resurs samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va yangi bozor imkoniyatlarini yaratish orqali korxonalarning uzoq muddatli raqobatbardoshligini ta’minlaydi. Maqola oxirida sanoat korxonalarida sirkulyar iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.