Skip to content
Open access

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA INNOVATSION INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Jul 2026 · Innovatsion iqtisodiyot · 0 citations

Abstract

Global iqtisodiyotning bilimlar va innovatsiyalarga asoslangan rivojlanish modeli oliy ta'lim muassasalarining jamiyatdagi o'rni va funksiyalarini tubdan o'zgartirmoqda. An'anaviy yondashuvga ko'ra universitetlarning asosiy vazifasi malakali kadrlar tayyorlash va fundamental hamda amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishdan iborat bo'lgan bo'lsa, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot sharoitida ular yangi bilimlarni yaratish, intellektual mulkni shakllantirish, innovatsion mahsulot va texnologiyalarni ishlab chiqish hamda ularni iqtisodiyotning real sektoriga transfer qilish orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi strategik institutga aylanmoqda.Ushbu maqolaning asosiy maqsadi – oliy ta'lim muassasalarida innovatsion infratuzilmaning nazariy va metodologik asoslarini tahlil qilish, uning mavjud holati hamda rivojlanish tendensiyalarini baholash, universitetlarning innovatsion salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi samarali tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqishdan iborat

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.