Skip to content
Open access

MELIORATSIYA TEXNIKALARIDA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA NOSOZLIKLARNI OLDINDAN ANIQLASH

Oct 2026 · Journal of Global Scientific Innovations · 0 citations

Abstract

Mazkur maqolada melioratsiya texnikalarining texnik holatini monitoring qilish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni oldindan aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish masalasi tadqiq etilgan. Melioratsiya mashinalari va qurilmalarining ishlash jarayonida harorat, vibratsiya, bosim, aylanish tezligi, elektr toki hamda boshqa texnik parametrlarning o‘zgarishi ularning texnik holati haqida muhim ma’lumot beradi. Ushbu parametrlarni sensorlar yordamida uzluksiz yig‘ish va sun’iy intellekt algoritmlari orqali tahlil qilish orqali nosozliklarning dastlabki belgilarini aniqlash imkoniyati ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda texnik diagnostikaning an’anaviy usullaridan farqli ravishda, nosozlik sodir bo‘lgandan keyin emas, balki uning yuzaga kelish ehtimolini oldindan baholashga qaratilgan yondashuv taklif etiladi. Natijada texnikalarning kutilmagan to‘xtab qolishini kamaytirish, texnik xizmat ko‘rsatishni oldindan rejalashtirish, ta’mirlash xarajatlarini qisqartirish va melioratsiya ishlarining uzluksizligini ta’minlash imkoniyatlari asoslab beriladi. Taklif etilayotgan yondashuv melioratsiya texnikalarini raqamli monitoring qilish va aqlli texnik xizmat ko‘rsatish tizimlarini shakllantirish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.