QАSHQАDАRYО VILОYАTIDА QISHLОQ XО‘JАLIGI TАRMОQLАRI KОNVERGENSIYАSINING ISHLАB CHIQАRISH SАMАRАDОRLIGIGА TА’SIRI: TАSHKILIY-IQTISОDIY TАHLIL
Abstract
Tadqiqot Qashqadaryo viloyati qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida tarmoqlararo konvergensiya jarayonlarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Natijalar paxta-toʻqimachilik yoʻnalishi eng yuqori konvergensiya darajasiga ega yetakchi drayver ekanini, boshqa yoʻnalishlarda esa jarayonlar dastlabki bosqichda qolayotganini koʻrsatadi. Qishloq xoʻjaligida konvergensiyani muvozanatli rivojlantirish uchun gʻallachilik, bogʻdorchilik-uzumchilik va chorvachilik yoʻnalishlarida klaster tipidagi tashkiliy shakllarni kengaytirish hamda Tarmoqlararo Konvergensiya Indeksi (TKI)ni hududiy monitoring vositasi sifatida joriy etish tavsiya etiladi.